Elektron kirish vizalarini taqdim etish tizimi ishga tushdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi № PF-5326 son farmoni asosida, shu yilning 1 iyulidan boshlab internet tarmog‘ining https://e-visa.gov.uz manzilida elektron kirish vizalarini taqdim etishga mo‘ljallangan tizim sinov rejimida ishga tushirildi. 

 

 
Mazkur tizimni ishga tushirishdan ko‘zlangan bosh maqsad mamlakatimizga kirish vizalarini rasmiylashtirish va berish jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishdan iborat. Natijada, uning yordamida yurtimizga tashrif buyurish istagida bo‘lganlar onlayn usulda so‘rovnomalarni to‘ldirib, hujjatlarni taqdim etib, vizani qo‘lga kiritishlari mumkin. Bu jarayonlarda ulardan O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik korpus vakolatxonalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmalariga borish talab qilinmaydi.

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali