2019 yilda Toshkentda “Axborot texnologiyalari madaniy merosni asrash xizmatida” mavzuida Osiyo forumi oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 oktyabr kuni Parij shahridagi YUNЕSKO bosh qarorgohida ushbu tashkilot Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrif YUNЕSKOdagi uchrashuvdan boshlangani chuqur maʼno va muhim ahamiyatga ega ekanini, Oʻzbekistonning ushbu tashkilot bilan hamkorligi izchil rivojlanib borayotganini taʼkidladi.

Odri Azule davlatimiz rahbarini tashrifi bilan samimiy qutlab, Oʻzbekiston bilan hamkorlik rivojida ushbu uchrashuv gʻoyat muhimligini qayd etdi.

Davlatimiz rahbari oʻtgan yil sentyabr oyida BMTning Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi va Bosh Assambleyaning “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” nomli rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surgan edi.

YUNЕSKO Bosh direktori Oʻzbekiston Prezidentining ushbu tashkilot shafeligida tinchlik va bagʻrikenglik madaniyatini shakllantirish, ekstremizmning oldini olish maqsadida Samarqand shahrida Mirzo Ulugʻbek nomidagi xalqaro institut tashkil etish, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti huzurida Taʼlimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mintaqaviy markaz hamda Samarqanddagi Turizm xalqaro universitetida YUNЕSKO kafedrasini tuzish boʻyicha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi.

Oʻzbekistonda Markaziy Osiyo yosh olimlari mintaqaviy forumini hamda 2019 yilda Toshkentda “Axborot texnologiyalari madaniy merosni asrash xizmatida” mavzuida Osiyo forumini oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Manba: www.prezident.uz

Manba: Axborot xizmati

 


2017 yil - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali