Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv

2019-yilning 27-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Vazir Sh. Sodiqovning Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Yoshinori Fujiyamani bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida Vazir Elchini Oʻzbekistonga Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangani munosabati bilan tabrikladi hamda yuksak va masʼuliyatli ishida muvaffaqiyat tiladi.

Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fujiyamani O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilayotgan katta e’tibor va intilishni alohida ta’kidladi. Shuningdek, u ikki mamlakatni birlashtirib turuvchi omillarni sanarkan, O‘zbekiston bozoriga qiziqish tobora ortib borayotganini qayd etdi.

Uchrashuv chogʻida axborot texnologiyalari, texnoparklar va innovatsiya markazlarini rivojlantirish hamda boshqarish, IT-taʼlim va teletibbiyotning eng yangi texnologiyalarini joriy etish masalalarining joriy holati va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi boʻyicha fikr almashildi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Manba: Axborot xizmati


2019 йил - “Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили“

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali