AKT vaziri Koreya Respublikasi Inha universiteti prezidenti bilan uchrashdi

Bugun 28 oktyabr kuni kuni O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Vazir Sh. Sodiqov Koreya Respublikasidagi Inha universiteti prezidenti janob Myong Vu Cho bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

AKT vaziri Shuhrat Sodiqov ushbu tashrif natijasida bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasida ulkan natijalarga erishilganini qayd etdi. Jumladan, Toshkent shahridagi Inha universiteti qisqa vaqt davomida, mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biriga aylanganini alohida ta’kidladi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Janubiy Koreya  oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni yanada  kengaytirish va boshqa muhim masalalarni muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun:

Toshkent shahridagi Inha universiteti  faoliyatini “Kompyuter injeniring” va “Dasturiy injeniring” yo‘nalishlari bo‘yicha boshlagan edi.

2016 - 2017 o‘quv yilidan boshlab “Logistika” yo‘nalishi ham ochildi. Bugungi kunda Toshkent shahridagi Inha universitetida 1548 nafar talaba tahsil olmoqda. 

Universitetda akademik jarayonni amalga oshirish hamda ilmiy salohiyatni shakllantirishda bir qator mamlakatlar, xususan AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Bolgariya, Hindiston, Pokiston, Rossiya va boshqa davlatlardan kelib faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar ham o‘zlarining katta hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. 

2018 yil Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchilarning 85 foizi o‘z mutaxasisliklari bo‘yicha ishga joylashdi. 15 foizi Germaniya, Shvetsariya, Fransiya, Norvegiya, Vengriya, Angliya, Chexiya, Janubiy Koreya va boshqa Yevropa mamlakatlaridagi universitetlarning magistratura yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirdi. 

Manba: Axborot xizmati


2019 йил - “Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили“

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali