O‘zbekistonning barcha hududlarida IT Parklar quriladi

                                                                                    

27 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Shavkat Mirziyoyev  Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari – IT Parklari qurilishini ma'lum qilgan.

«Respublikaning barcha hududlarida yoshlarning startap loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan IT parklar quriladi. 

Har bir viloyat hokimi  ITParklarni qurishga mas'ul bo‘ladi», – deb ta'kidladi  Shavkat Mirziyoyev.

«Agar biz yoshlarning yangi startap loyihalarini jamiyat hayotiga tatbiq qila olsak, rivojlanish bo‘ladi. Bu dasturlarni amalga oshirsak, xatolarimiz kamroq bo‘ladi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.


2020 yil "Фан, таълим ва рақамли иқтисодиётни ривожлантириш" йили деб эълон қилинди

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali