Xarid qilish va o‘rnatish uchun rasmiylashtirilgan ruxsatnoma xujjatlari bundan oldingi egasiga berilgan bo‘lsa, bu xolda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish kerakmi?

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 7 dekabrda 1531-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, “O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va radioelektron vositalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” gi nizomning 87 bandiga asosan, REVlarni bir shaxsdan boshqa bir shaxs nomiga rasmiylashtirilishi yoki sotilishi, Elektromagnit moslashuv markazi (EMMM)ning tegishli ruxsati orqali amalga oshiriladi.

Nizomning 6 va 9 bandida keltirilgan tartibga asosan REVlardan foydalanish uchun, yangi egasi tomonidan barcha kerakli ruxsatnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.

2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali