Toshkent shahridagi Amiti universitetida umumta’lim maktablari direktorlari bilan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Amiti  universitetida umumta’lim maktablari direktorlari bilan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Xalqaro tadbir Birlashgan Arab Amirligining Dubay va Abu-Dabi shaharlarida joylashgan Amiti maktablari bilan birgalikda onlayn tarzda olib borildi. Seminarda 170 dan ortiq maktablardan direktor va xodimlar ishtirok etdilar.

Seminarning asosiy maqsadi O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida AKT yo‘nalishini rivojlantirish, matematika va ingliz tili fanlariga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvda Amiti universiteti rahbariyati hamda Dubay shahridagi Amiti maktabining direktorlari va mutaxassislari o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar hamda global ta’lim tendensiyalari haqida ma’lumot berdilar.

Seminar yakunida nafaqat ikki ta’lim muassasasi vakillari o‘rtasida, balki ikki mamlakatning malakali o‘qituvchilari bilan birgalikda talaba va maktab o‘quvchilariga turli sohadan qiziqarli tadbir va treninglar o‘tkazish maqsad qilib qo‘yildi.

Ushbu tadbir Toshkent shahridagi Amiti universiteti tomonidan maktablar uchun amalga oshirilayotgan ko‘makning boshlanishi bo‘lib, kelgusida axborot texnologiyalari, matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha o‘qituvchilar uchun chuqurlashtirilgan dasturlar ishlab chiqariladi, shuningdek maktab o‘quvchilari uchun alohida o‘quv kurslari joriy etiladi.

 

 

Manba: Axborot xizmati


2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali