TATU xodimi “Shuhrat” medali sohibi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida” Farmonni imzoladi.

Ushbu Farmonga ko‘ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Sherboboyeva Gulrux Baxtiyorovna “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Mazkur yutuq yurtimizda AKT sohasiga va ushbu yo‘nalishda IT mutaxassislarni tayyorlashga yuksak e’tibor qaratilayotganidan dalolat beradi, O‘zbekistonda yetakchi AKT sohasidagi oliy ta’lim muassasasida  sifati yuqori ta’lim berayotganligini namoyon etadi.

 

Manba: Axborot xizmati


2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali