Jizzax shahrida АKT vazirligi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi

Jizzax shahri hokimligida Jizzax viloyati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ijro intizomiga mas’ul rahbarlarning hujjatlar bilan ishlashini tashkil etish, shaxsiy mas’uliyatini oshirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash boʼyicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-amaliy seminarda Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Bahromjon Olmatov “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumati hujjatlari va topshiriqlarini rasmiylashtirish, ularning ijrosini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi” to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga maʼlumot berib o‘tdi.

O‘quv-amaliy seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javob berib o‘tdi.

Mazkur seminarda Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirliklarning mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Manba: Axborot xizmati


2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali