Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari «Yashil makon» umummilliy loyihasida faol qatnashmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish kerakligi va 2 noyabrdan 10 dekabrgacha bo‘lgan davrda daraxt ekish bo‘yicha «dolzarb 40 kunlik» aksiyasi doirasida 16 noyabr kuni Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari ham Surxondaryo viloyati radio va televidenie uzatish markazi hududida mevali va manzarali daraxt ko’chatlarini ekishdi va bu orqali ekologik muhitni yanada yahshilashga o’z hissalarini qo’shdilar.

 
 

Hozirda daraxt ekish bo‘yicha barcha shahar va qishloqlarda, bo‘sh yer maydonlarda katta ishlar olib borilar ekan, kelgusida odam organizmiga ijobiy taʼsir ko‘rsatuvchi daraxt turlarini ekishga eʼtibor qaratish kerakligi va o‘simlik changi tarkib jihatdan uglevod, oqsil va oz miqdorda yog‘dan iborat chang urug‘lari bo‘lib, mazkur chang urug‘lari havodagi turli zararli moddalarni o‘ziga singdirib, o‘simlik changining immunogenligini oshiradi.

Havodagi zararli gazlar, ultrabinafsha nurlanishlar urug‘ changining antigen tarkibini o‘zgartiradi. Shuningdek tashqi muhitdagi mazkur omillar allergiyaga moyil kishilarning allergik sezuvchanligini kuchaytiradi.

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati

2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali