Teleko`rsatuv va radio dasturlarni qabul qilishga halaqit beruvchi to`sqinliklarni yo`qotishda kim va qanday qilib yordam berishi mumkin?

Radiochastota spektri foydalanuvchilari o’zlarining radoelektr vositalariga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan radioto’sqinlik manba’larini e’lon qilish uchun EMMM ga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilishlari mumkin.
EMMM Yuridik va jismoniy shaxslarning, radiochastota idoralarining radioqabulga halaqit berayotgan radioto’sqinliklar haqidagi arizalarini qabul qilishni va ko’rib chiqishni ta’minlaydi.
Fuqarolarning teleko’rsatuv va radioeshitturuvlarga halaqit berayotgan to’sqinliklarni bartaraf qilish bo’yicha arizalarini EMMM xat shaklida yoki telefon orqali qabul qiladi.
REV egalarining arizalari qoida bo’yicha xat shaklida qabul qilinadi. EMMM faqat REVlari ro’yxadan o’tkazilgan va uni ishlatishga ruhsatnomalari bo’lgan foydalanuvchilardan arizalarni qabul qiladi.
Arizalar erkin shaklda rasmiylashtiriladi, agar radioto’sqinlik vaqtinchalik xarakterga ega bo’lsa, arizada radioto’sqinlikning davom ettishi mumkin bo’lgan muddat ko’rsatilishi kerak.

2017 yil - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali