Radioto`sqinliklar bo`yicha arizalarni ko`rib chiqish va hal etish muddati qanday?

Radioto’sqinlilarni bartaraf etish bo’yicha arizalarni ko’rib chiqish muddati arizaning kelib tushgan va EMMMda ro’yxatdan o’tkazilgan vaqtdan boshlab to radioto’sqinlikning aniqlanishi va bartaraf qilinishigacha bo’lgan muddatni o’z ichiga oladi.
Radioto’sqinliklarni bartaraf etish bo’yicha arizalarni ko’rib chiqish va hal etish muddatlari:
- 5 ish kuni –  agar radioto’sqinlik manba’sini izlash talab etilmasa;
- 12 ish kuni – agar radioto’sqinlik manab’sini izlash talab etilsa.
Radioto’sqinlik manba’sini topishda qiyinchiliklarga duch kelinsa, arizani ko’rib chiqish muddati 30 kungacha uzaytirilishi mumkin va bu haqda arizachi ogohlantirilishi kerak.
DV, SV va KV diapazonlardagi radioeshittiruv dasturlarini qabul qilishga halaqit berayotgan radioto’sqinliklarni EMMM agar qabuli buzilayotgan radiostansiya shu hududni radioeshittiruv bilan ta’minlashga mo’ljallangan bo’lsagina bartaraf etadi va bu haqda arizachiga dalilli javob xati yuboriladi.
EMMM teleko’rsatuv va UQT raadioeshittiruv dasturlarini qabul qilishga halaqit berayotgan radioto’sqinliklarni agar qabul uskunasi qat’iy qabul zonasida joylashgan bo’lsagina bartaraf etadi va bu haqda arizachiga dalilli javob xati yuboriladi.


2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali