Kerakli ravishda rasmiylashtirilmagan VOJAGER, SENAO, BADA, SONY, NOKIA, MOTOROLA, HARVEST va boshqa turdagi radiotelefon uzaytirgichlardan foydalanish qanday oqibatlargan olib kelishi mumkin?

O’zbekison Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.98 yildagi 293-sonli “Chastota spektridan foydalanish, teledasturlarni va ko’rsatuvlarni shakllantirish va tarqatish samaradorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qonuniga asosan:
Ilova 7. 14-band. Vazirliklar, tashkilotlar, korxonalar, idora va muassasalar, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el yuridik shaxslari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tomonidan kerakli ruhsatnomasiz tayyorlangan yoki sotib olingan radioelektron  vositalar va yuqori chastotali uskunalar qonunchilikda o’rnatilgan tartibda jinoiy javobgarlikka tortilguncha musodarada saqlanadi.
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksiga asosan:
152-Modda. Radioelektr vositalardan va yuqori chastotalar uskunalardan foydalanish tartibini buzish.
Radioelektron vositalarni va yuqori chastotali uskunalarni loyihalash, ishlab chiqarish (o’rnatish) va ishlatish qoidalarini, radioeshittiruv va radiochastotalardan foydalanish tartibini buzish, radio nurlanish bo’yicha davlat standartlariga, normalariga va ruhsat etilgan parametrlarga rioya qilmaslik fuqarolarga ikkitadan beshta minimal oylik miqdorigacha va mansabdor shaxslarga beshtadan yettita minimal oylik miqdorigacha jarima solinishiga olib keladi va bunda radioelektron  vositalar, yuqori chastotali uskunalar musodara qilinishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida keltirilgan tartiblarni jinoiy javobgarlikka tortilgandan so’ng bir yilning o’zida ikkinchi marta buzish fuqarolarga beshtadan yettita minimal oylik miqdorigacha va mansabdor shaxslarga o’ntadan o’n beshta minimal oylik miqdorigacha jarima solinishiga olib keladi va bunda radioelektron vositalar, yuqori chastotali uskunalar musodara qilinishi mumkin.

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali