Televizion va radio dasturlarni qabul qilishga halaqit beruvchi to`sqinliklarni yo`qotishda kim va qanday qilib yordam berishi mumkin?

 

Radiochastota spektri foydalanuvchilari o`zlarining radoelektr vositalariga salbiy ta`sir ko`rsatayotgan radioto`sqinlik manba`larini e`lon qilish uchun EMMM ga to`g`ridan-to`g`ri murojaat qilishlari mumkin.


EMMM yuridik va jismoniy shaxslarning, radiochastota idoralarining radioqabulga halaqit berayotgan radioto`sqinliklar haqidagi arizalarini qabul qilishni va ko`rib chiqishni ta`minlaydi.


Fuqarolarning televideniye va radioeshitturuvlarga halaqit berayotgan to`sqinliklarni bartaraf qilish bo`yicha arizalarini EMMM xat shaklida yoki telefon orqali qabul qiladi.


REV egalarining arizalari qoida bo`yicha xat shaklida qabul qilinadi. EMMM faqat REVlari ro`yxadan o`tkazilgan va uni ishlatishga ruhsatnomalari bo`lgan foydalanuvchilardan arizalarni qabul qiladi.


Arizalar erkin shaklda rasmiylashtiriladi, agar radioto`sqinlik vaqtinchalik xarakterga ega bo`lsa, arizada radioto`sqinlikning davom ettishi mumkin bo`lgan muddat ko`rsatilishi kerak.


2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali