O`zbekiston Respublikasi hududida Wi-Fi texnologiyalari bazasida ma`lumotlar uzatishning ofis ichki tarmoqlarini tashkil etish uchun yo`naltirilgan Radioelektron manbalardan foydalanish tartib qoidalari qanday?

O`zbekiston Respublikasi hududida Wi-Fi texnologiyalari bazasida ma`lumotlar uzatishning ofis ichki tarmoqlarini tashkil etish uchun yo`naltirilgan Radioelektron manbalardan foydalanish va ularga egalik qilish chora tadbirlari haqidagi tez-tez so`raladigan savollar yuzasidan, Elektromagnit Moslashuv Markazi shuni ma`lum qiladiki, hozirgi vaqtda ko`rsatilib o`tilgan Radioelektron manbalarni sotib olish va ulardan foydalanish faqatgina EMMMda tegishli ruxsatnomalarni to`ldirgandan so`ng amalga oshirilishi mumkin.

Ruxsatnoma hujjatlarini umumiy to`ldirish tartib qoidalari “O`zbekiston Respublikasi hududida radio chastota spektri va radioelekrton manbalaridan foydalanishni tartibga solish chora tadbirlari haqidagi nizom” da ko`rsatilib o`tilgan. (O`zRes AV tomonidan №1531-1 sonli 19.05.07y ro`yxatga olingan )

Shu bilan birga O`zRes RChDKning 22.12.2005 yil qabul qilingan №4/7-sonli va 06.10.2006 yil qabul qilingan №3/5-sonli qaroriga muvofiq, ushbu Qarorda ko`rsatilib o`tilgan texnik xarakteristikalar ko`rsatgichlariga muvofiq keladigan Wi-Fi texnologiyalari bo`yicha ma`lumotlarni uzatishda, ofis ichki tarmoqlarini ishlatish uchun 2400-2483,5 MGz va 5250-5350 MGz ikkilamchi radiochastota doirasidan foydalanishga ruxsat etilgan.

Ya`ni Wi-Fi tarmoqlari uchun ruxsatnomalarni to`ldirish umumiy tartibi, (ma`lum bir talablarga muvofiq) ma`lum bir ariza beruvchilar tomonidan qurilmalardan foydalanish uchun RChDK qarorlari hujjarlarni to`ldirishdan tashqari, saqlanib qolinadi.

Bundan tashqari Wi-FI tarmoq ma`lumotlar uzatishni yo`lga qo`yish uchun tarmoq egasi O`zbekiston Aloqa va Axborotlashtirish agentligida muvofiqlashtiruvchi litsenziyalarni rasmiylashtirishi zarur.


2017 yil - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali