Qoplash hududini qanday oshirsa bo`ladi?

Qoplash hududiga uzatuvchi antenna katta ta’sir ko`rsatadi. Antennani yaqin atrofdagi uylardan 5 metrcha teparoq ko`tarilishi, xizmat hududini ancha oshirishi mumkin: bu uzatkichning quvvatini taxminan 10 marta oshirgan bilan barobardir. 25 Vt kuchaytirgich bilan 10 dBga teng bo`lgan kuchaytirish koeffisentli antennadan foydalanish, 250 Vt nurlanish quvvatiga teng bo`lgan uzatkich bilan barobardir.
Qoplash hududini oshirish masalasini ko`rib chiqish jarayonida, ishlatilayotgan asbobning maksimal quvvati elektromagnit moslashuvchanlik omili bilan cheklanishini esda tutuish kerak va bu kabi masalalar EMMM bilan birgalikda hal qilinishi kerak.

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali