Navoiy viloyati EMMX

 

Облаев Жўрабек Туйбоевич

Xizmat boshlig’i
Email: navoi@cemc.uz
Telefonlar: +998 71 230-64-69, +998 79 223-91-10, +998 79 223-60-95
210100, Navoiy viloyati, Navoiy sh., A. Nimur k., 4 uy 801
Qabul kunlari: haftaning ish kunlari (dushanba-juma)
 8:00 dan 11:00gacha

 

Asosiy vazifalari:

  • Ishchi chastotalar. shuningdek, viloyat hududidagi desentrlashgan vazifasidagi chaqiruvchi REVlarni loyihalashtirish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalarni taqdim etish;
  • Viloyat hududida REV va YuChMni sotib olish, qurish va ulardan foydalanish huquqiga ega bo`lish uchun foydalanuvchilarning arizalarini ko`rib chiqish;
  • Viloyat hududida faoliyat ko`rsatayotgan REV va YuChMdan foydalanish nazoratini va radiomonitoringini amalga oshirish;
  • Noqonuniy ravishda faoliyat ko`rsatayotgan REV va YuChM larni izlash. Viloyat hududida REV chastota o`zlashtirish hisobini olib borish;
  • Televideniye, radiouzatish va radioaloqada halaqitlar to`g`risida arizalar va shikoyatlarni ko`rib chiqish, radiohalaqitlar manbalarini aniqlash va ularni bartaraf etish;
  • Texnik vositalarni tekshirish bo`yicha, bo`lishi mumkin bo`lgan radiohalaqitlar (elektrotransport, elektrouzatish liniyalar, elektrouskunalar, avttransport vositalar va boshqalar)ni sanoat radiohalaqitlar ruxsat etilgan darajalari me'yorlariga mos kelishiga nazorat-o`lchov kompleks ishlarini - amalga oshirish;
  • Viloyat hududida faoliyat ko`rsatayotgan REV va YuChMlarning radionurlanish parametrlarni, amalda bo`lgan texnik me'yorlariga  darajasini nazorat qilish;
  • Viloyat asosiy tuzilmalari bilan, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarmasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha davlat inspektsiyasi, O`zbekiston Respublikasi hududiga radiotelefonlarni va uzatuvchi moslamalarni noqonuniy ravishda olib kirish ularni sotish va ulardan foydalanish bo`yicha, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi soliq, valyuta jinoyatlari hamda jinoiy daromadlarni aniqlash departamenti bilan birgalikda o`zaro ishlarni tashkil qilish.

 

Asosiy funksiyalari:

  • Desentrlashgan vazifasidagi radiochastotalardan foydalanish uchun ruxsatnomalar beradi;
  • Foydalanuvchilar uchun o`zlashtirilgan REV, YuChM va belgilangan tartibda o`rnatilgan chaqiruv signallarining hisobini olib boradi;
  • REV radiohalaqitlarini, shu jumladan, xalqaro shartnomalar va qoidalarga muvofiq amal qilyayotgan, xalqaro tashkilotlar va horij mamlakatlar REVi radiohalaqitlarini bartaraf etadi;
  • Boshqa kompetent organlari bilan birgalikda, elektromagnit moslashuvini ta'minlovchi tashkiliy-texnik choralarni ishlab chiqadi;
  • Elektromagnit moslashuvi hisobi bo`yicha ishlarni bajaradi, elektromagnit muhitni aniqlash bo`yicha, o`lchovlarni amalga oshiradi hamda kompetensiya doirasida, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli xulosalar beradi;
  • Viloyat hududida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan radiochastotali spektrdan foydalanishda, normativ aktlar, me'yorlar va standartlar talablariga rioya qilinganlik to`g`risida nazoratni amalga oshiradi;
  • Fuqarolik vazifasidagi REV ishlarining hamda viloyat hududida radiochastotali spektrning texnik nazoratini amalga oshiradi;
  • REV va YuChM lardan foydalanishning, radionurlanish hamda radioqabul halaqitlarini bartaraf qiladigan, kerakli uskunalar bilan elektromoslama, mehanizm, asbob va apparatlarning ta'minlanganlik me'yorlariga mos kelishishi bo`yicha texnik nazorat;
  • Noqonuniy ravishda faoliyat ko`rsatayotgan, REV va YuChM ishlarini bartaraf qilish bo`yicha, manfaatdor idoralar va huquqiy organlar bilan birgalikda choralar ko`radi;
  • REVlarni elektromagnit moslashuvi bilan ta'minlaydigan, ularning tarqatishning hududiy-chastota me'yorlarini ishlab chiqaradi va uni ishlab chiqarishda takliflarni taqdim etadi;
  • RChS (radiochastotali spektr)dan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan tashkiliy-texnik choralar va huquqiy-me'yoriy aktlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  • Radiochastotalarni ajratish bo`yicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yuborilgan arizalarni texnik ekspertizasini amalga oshiradi vaulardan foydalanish bo`yicha takliflar kiritadi;
  • Tegishli faoliyat turiga lisenziyalar rasmiylashtirish uchun radiochastotalardan foydalanish texnik imkoniyati mavjudligi to`g`risida ekspert xulosalarni chiqaradi;
  • RChS va radiovositalaran foydalanish borasida kerakli ma'lumotlarni tayyorlaydi va ularni tegishli organlarga taqdim etadi.;
  • Operativ boshqaruvni amalga oshiradi, uning balansida mavjud bo`lgan mablag`larga egalik qiladi, undan maqsadga muvofiq foydalanadi va taqdim etilgan vakolatlar doirasida, ma'muriy-xo`jaik faoliyatini ta'minlaydi;
  • Auditlar o`tkazilganda, yoki rahbariyat toimonidan o`tkazilgan tekshiruvlar davomida aniqlangan nomuvifiqliklarni vaqtida bartaraf qilinishini ta'minlaydi.

 


2017 yil - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali