Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalari loiyhalash va qurish, harid qilish va o'rnatish uchun ruhsatnoma olish bo'ycha murojaatni ko'rib chiqish

Xizmatlar reglamenti

Hurmatli mehmon! Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi quyida keltirilgan barcha hujjatlarni bevosita topshirishi, yoki cemc.uz veb-sayti orqali, yoki pochta orqali yuborishi mumkin.

REV va YuChQni sotib olish (berish) va o'rnatish yoki qurish ruxsatnomasini olish uchun kerakli hujjatlar ro'yxati:

a) uskunaning to'liq texnik tavsifi;

b) agar ariza beruvchi yuridik shaxs bo'lsa, REVni ro'yxatga olish va ekspluatatsiya qilish uchun mas'ul shaxsni tayinlash to'g'risidagi buyruqning nusxasi;

v) quyidagilar ko'rsatilgan topografik xaritadan olingan nusxada REV joylashtirilgan reja-sxema:

  • REV tegishliligi (vazirlik, idora, tashkilot va h.);
  • masshtabi va koordinata setkasini tushirilgan holda;
  • REV joylashtiriladigan joylar (manzili, sekundgacha aniqlik bilan geografik koordinatalari, yerning absolyut belgisi, idora ichidagi aloqa sxemasi);
  • chastotalar rejasi (rejalashtirilayotgan radiochastotalar diapazoni yoki nominallari);
  • nurlanish klassi;
  • antennalar turi, ularning miqdori va yer satxiga nisbatan osilish balandligi, antenna tayanchlarining maksimal balandligi, nurlanish azimutlari va elektromagnit nurlanishga ta'sir ko'rsatuvchi boshqa xarakteristikalar;
  • radiouzatish qurilmalarining miqdori, turlari va quvvati;

g) REVni joylashtirish ko'zda tutilgan ob'ektlar va inshootlar egalari bilan kelishish, agar ariza beruvchining o'zi bu ob'ektlar va inshootlarning egasi bo'lmasa;

d) yo'ldosh aloqa xizmatlarining er stansiyalari uchun — Xalqaro Elektraloqa Ittifoqida ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha zarur bo'lgan texnik parametrlar.

 

  • Ruxsat olish uchun ariza
  • RCHRK qarori
  • Mas'ul shaxsni tayinlash to'g'risidagi buyruqning nusxasi
  • Ruxsat etilgan stantsiyalarni belgilash loyihasi (nusxa olish uchun)
  • Bino va inshootlar egalarining roziligi


 



Kerakli hujjatlar

2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali