REV va YuChQdan foidalanish talabnomasini ko'rib chiqish

Xizmatlar reglamenti

REVga to`1dirilgan 3 ekzemplyardagi anketa (KTVT uchun – ikki ekzemplyarda);

bazali va stasionar REVlarga sanitariya-epidemiologik nazorat tomonidan berilgan, sanitariya pasporti;

uyali aloqaning bazali stansiyalari, RRL va ma'lumotlar uzatish tizimlari, radioeshittirish (RE), KTVT televizion (TV) uzatkichlar, yo`ldosh aloqaning yerdagi stansiyalari va hokazolarni rasmiylashtirish uchun o`rnatilgan tartibda tasdiqlangan, bazali (stasionar) REVlarni qurish (o`rnatish)ga loyiha-smeta hujjatlari;

bu turdagi faoliyat yuritish uchun Lisenziyaga ega bo`lgan tashkilot tomonidan loyiha-smeta natijasi;

o`rnatilgan uskunaga muvofiqlik sertifikati, agar ushbu uskuna O`zbekiston Respublikasi qonuniyatiga binoan shartli ravishda sertifikatlangan bo`lishi kerak bo`lsa;

o`zga ishlab chiqaruvchining televideniya va radioeshittirish dasturlarni translyasiya (retranslyasiya) qilish uchun shartnoma.



Kerakli hujjatlar



Quvvati 100 Vtdan katta bo`lmagan, ofis ichidagi simsiz tarmoqli harakatdagi va turg`un radiotelefon aloqadan foydalanish uchun, shuningdek, xususiy (individual) REV hamda ma'lumotlar uzatish va radiodostup tizimlarining abonent stansiyalari uchun mos ruxsatnomalarni rasmiylashtirganda, loyiha-smate hujjatlari talab qilinmaydi;

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali