"EMMM" DUK yangiliklari

Radioxalaqitlarsiz aloqa - EMMMning vazifasidir!

Hozirgi vaqtda raqamli texnologiyalarning o‘rni sezilarli darajada oshdi, bu ham raqamli transformatsiyaning, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston uchun muhimligini ko‘rsatdi. Raqamli transformatsiya jamiyatni yanada modernizatsiya qilish va milliy iqtisodiyotni global jarayonlarga integratsiyalash imkoniyatiga ega. Shu nuqtai nazardan, amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, Yangi O‘zbekistonni kelgusi besh yilga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda jumladan 5G, Wi-Fi, raqamli televideniye, Zigbee va internet buyumlari kabi xizmatlar jadal rivojlanmoqda.

 Zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanishi vaqtida o‘zlashtirish uchun esa ushbu soha mutaxassislarining bilimi, ko‘nikmalari va kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borishlarini taqozo etmoqda. Xususan, axborot oqimlarining uzatilishini va radiorele liniyalarining elektromagnit moslashuvini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish maqsadida "Elektromagnit moslashuv markazi" DUKda Spectra EMS, Rakurs, ChirPlus va Mentum Ellipse dasturiy ta’minotidan foydalaniladi.

Bo‘lim mutaxassislari tomonidan ruxsat etilgan keng polosali nuqta-nuqta va nuqta-ko‘p nuqtali tarmoqlarning elektromagnit moslashuvini hisoblashda shakllangan muhandislik yechimlar, hisoblash algoritmlari va Xalqaro elektraloqa ittifoqining so‘ngi tavsiyalariga asoslanadi.

To‘g‘ri ko‘rinishdagi RRL uchun elektromagnit moslashuvini hisoblashda quyida keltirilgan XEIning tavsiyalari hisobga olinadi:

    1. P.452-14 - Taxminan 0,1 GGs dan yuqori chastotalarda Yer yuzasidagi stansiyalar o‘rtasidagi xalaqitlarni baholashni ehtimol qilish tartibi;

    2. P.530 - Yer usti to‘g‘ri ko‘rinishdagi tizimlarni loyihalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tarqalishi va ehtimol qilish usullari;

    3. P.2001-1 - 30 MGs - 50 GGs chastota diapazonlarida keng qo‘llanishi uchun radio to‘lqinlarining yer yuzida tarqalishining universal modeli.

ghioghiowerh1000x563.jpg

EMMni hisoblashda hisobga olinuvchi tavsiyalar

Yuqorida keltirilgan dasturiy ta’minotga o‘rnatilgan, yer yuzasi va balandliklar topologiyasiga ega raqamli geografik xarita quyidagilarga imkon beradi:

    1. Alohida oraliqlar yoki ularning guruhlari uchun elektromagnit moslashuvni hisoblash;

    2. RRLning butun tarmog‘ida yoki uning qismlarida xalaqitlar mavjudligini aniqlash;

    3. Xalaqitlarni tahlil qilish va natijalarni grafik ko‘rinishda taqdim etish;

    4. Chastota kanallarini xalaqitlar tahlili bazasidan avtomatik tarzda tayinlash;

    5. Ma’lumotlar uzatishning yuqori sifati va ishonchliligini ta’minlagan holda tarmoqda foydalaniladigan chastota kanallari sonini kamaytirish.

gsdgsdfsdf1000x563.jpg

Yerning qiyaligi va notekisligini hisobga olish namunasi

iergioudhfgh1000x563.jpg

eevgwfvwecfwv800x836.jpg

RRL oraliqlarinig tahlili namunasi

bwefuhwuiefg1000x563.jpg

EMMni hisoblash namunasi

vsdsadfsdfvsdf1000x563.jpg

Antennanig yo‘nalganlik diagrammasi

Ushbu dasturlar yordamida Turg‘un va yo‘ldosh aloqa bo‘limi xodimlari mavjud                                                     va rejalashtirilayotgan 6, 7, 8, 10, 11, 13, 15, 18, 23, 26, 28, 32, 38, 42, 71-76/81-86 GGs diapazonlarida radiorele liniyalarinig elektromagnit moslashuvi bo‘yicha hisoblash ishlarini amalga oshiradilar.

Shuningdek, mobil aloqa operatorlariga aloqa tayanch stantsiyalari orasidagi radiorele liniyalarida radiochastotalarni rejalashtirishda yordam ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, ushbu dasturlardan ish faoliyatida foydalanish EMMni ta’minlash muammolarini samarali va tezkor bartaraf qilish imkonini beradi.

 

TvaYAB 1-toifali muhandisi

Tadjimatov R.M.

Faylni tanlang