"EMMM" DUK yangiliklari

Kelajakni korrupsiyasiz quraylik!

Hozirgi kundagi rivojlangan demokratik davlatlarning islohotlariga nazar tashlasak, avvalo, jamiyatda korrupsiyadan xoli shaffof muhitni yaratish muhim vazifalardan biri ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Darhaqiqat, korrupsiya har qanday jamiyatning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotiga zarar keltiradi. Jamiyatda qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, insonlarning ma’naviy ahloqini yemiradi, fuqarolarning esa huquq va erkinliklarining buzilish holatlarini keltirib chiqaradi. Shuningdek, jamiyatda uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va bashariyat xavfsizligiga raxna soluvchi boshqa turdagi tahdidlarning ildiz otishiga sabab bo‘ladi. Korrupsiya botqog‘iga botgan amaldorning o‘z manfaatini jamiyat manfaatidan ustun qo‘yishi esa davlatning iqtisodiy va siyosiy jarayonlariga putur yetkazadi.