"EMMM" DUK yangiliklari

O‘quv soati

Joriy yilning 11-iyul kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

O‘quv soatida, Namangan viloyati EMMX 1-toifali radiooperator O.Tursunov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-76-son Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

gfsdfgdfgdfg.jpg

Raqamli texnologiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari

Quyidagilar Raqamli texnologiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:

a) normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini tashkil etish;

b) raqamli texnologiyalarni joriy etish, telekommunikatsiya va pochta aloqasi sohalari, raqamli iqtisodiyot va raqamli hukumat dasturlarini amalga oshirish, kosmik va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, “davlat — fuqaro” va “davlat — tadbirkor” tamoyili asosida xizmat va servislarni raqamlashtirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, rivojlantirish va ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

v) respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlarida axborot tizimlari va resurslarini joriy etish jarayonlarini muvofiqlashtirish;

g) raqamli industriyani rivojlantirish, mazkur sohada texnoparklar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali mahalliy va xorijiy kompaniyalar uchun qulay sharoitlar yaratish;

d) telekommunikatsiya va pochta aloqasi infratuzilmasini boshqarish va ularning samarali ishlashini ta’minlash hamda telekommunikatsiya sohasida xizmat ko‘rsatish faoliyatini muvofiqlashtirish;

e) telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlari sifati va axborot xavfsizligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirish hamda ishonchli uchinchi taraf xizmatini ko‘rsatish;

j) radiochastota spektridan foydalanish hamda mobil qurilmalarni ro‘yxatga olishni tartibga solish, axborot xavfsizligi yo‘nalishini rivojlantirish;

z) raqamli texnologiyalar sohasida ta’limni rivojlantirish, jumladan kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

i) yoshlar, ayollar va aholining boshqa qatlamlarining raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirish, mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar olib borish;

k) soha, tarmoq va hududlarni raqamlashtirishda ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiqish, sohalar kesimida raqamlashtirish bo‘yicha o‘sish nuqtalarini aniqlash va amalga oshirish lozim bo‘lgan loyihalarni shakllantirish.

dfg34tt34t.jpg

Soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari

Quyidagilar soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

a) aholi, tadbirkorlik subyektlari hamda davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlarni raqamlashtirish, shuningdek, raqamli xizmatlar va servislardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish;

b) davlat idoralari faoliyatini to‘liq raqamlashtirishni ko‘zda tutuvchi “Elektron hukumat” tizimining yangi bosqichi — “Raqamli hukumat” tizimiga o‘tish;

v) axborot tizimlari va resurslari asosida hududlarda zamonaviy boshqaruv uslublarini joriy etishni nazarda tutuvchi “Raqamli hudud” dasturini amalga oshirish;

g) IT-industriya uchun qulay sharoit yaratish orqali mamlakatimizni “IT Xab”ga aylantirish va xizmatlar eksportini oshirish;

d) raqamli texnologiyalar bo‘yicha aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;

e) zamonaviy va sifatli raqamli infratuzilmani rivojlantirish;

j) Axborot texnologiyalarini joriy etish va ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifati ustidan samarali raqamli nazoratni yo‘lga qo‘yish.

gcvegferg.jpg

Shuningdek, Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi D. Alimdjanov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida”gi O‘RQ-819-son Qonuni mazmun-mohiyati batafsil yotirildi.

Ushbu Qonunning amal qilishi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi texnik reglamentlarni ishlab chiqish, qabul qilish va qo‘llash, muvofiqlikni baholash hamda davlat nazoratini amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Ushbu Qonunning amal qilishi:

sanitariya, fitosanitariya va veterinariya choralari;

mehnatni muhofaza qilish sohasidagi choralar;

buxgalteriya hisobi standartlari;

qimmatli qog‘ozlar emissiyasi standartlari va qimmatli qog‘ozlar emissiyasi risolalari, baholash faoliyati standartlari;

tibbiy yordam standartlari;

davlat ta’lim standartlari bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

ergqrgerg.jpg

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

arizachi — muvofiqlikni baholashni amalga oshirish uchun mahsulot taqdim etgan jismoniy yoki yuridik shaxs;

davlat nazorati organi — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan davlat boshqaruvi organi;

ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili — ishlab chiqaruvchi (chet el ishlab chiqaruvchisi) bilan tuzilgan shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida mahsulotning muvofiqligini baholashda va uni muomalaga chiqarishda ushbu ishlab chiqaruvchi nomidan harakatlarni amalga oshiradigan tadbirkorlik subyekti;

mahsulot — faoliyatning moddiy-ashyoviy shaklda taqdim etilgan va xo‘jalik maqsadida hamda boshqa maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan natijasi;

mahsulotni muomalaga chiqarish — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish doirasida mahsulotni O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish maqsadida yetkazib berish (realizatsiya qilish) yoki olib kirish (ishlab chiqaruvchining omboridan jo‘natish yoki omborga joylamasdan yuklab jo‘natish);

muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya — ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi yoki import qiluvchi muomalaga chiqariladigan mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat;

muvofiqlikni deklaratsiyalash — mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini majburiy ravishda tasdiqlash shakli;

savdodagi texnik to‘siq — mahsulot kelib chiqqan mamlakatga (joyga) qarab mahsulotga va muvofiqlikni baholash tartib-taomillariga doir majburiy talablarning turlicha qo‘llanilishi oqibatida mamlakatlar o‘rtasidagi savdoda yuzaga keladigan to‘siq;

sinash laboratoriyasi — sinashni amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki uning tarkibiy bo‘linmasi;

sotuvchi — mahsulotni realizatsiya qiladigan, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan tadbirkorlik subyekti;

texnik jihatdan tartibga solish — mahsulotning xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish jarayonlariga va usullariga doir talablarni belgilash, qo‘llash hamda bajarish, shuningdek ularga rioya etilishini muvofiqlikni baholash va davlat nazoratini amalga oshirish orqali tekshirish;

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar — texnik reglamentlar va standartlar;

texnik reglament — mahsulot xavfsizligining qo‘llanilishi majburiy bo‘lgan tavsiflari yoki ular bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari va usullari, qoidalar belgilangan hujjat;

xizmat — jismoniy va yuridik shaxslarning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan, natijalari ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan faoliyat.

Faylni tanlang