"EMMM" DUK yangiliklari

O‘quv soati

Joriy yilning 30-may kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

skldhgskhd.jpg

O‘quv soatida, Moddiy-texnik ta’minot va kapital qurilish xizmati muhandisi X.Asamov tomonidan “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni mavzusida atroflicha tushuntirishlar berildi.

gfhfdgf.jpg

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida xaridlar quyidagi me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi:

    1. “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 22-apreldagi 684-son qonuni;

    2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 3953-son qarori;

    3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 4812-son qarori.

Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

    • kasbiy mahorat va mas’uliyatlilik;

    • asoslanganlik;

    • moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi;

    • ochiqlik va shaffoflik;

    • raqobat va xolislik;

    • mutanosiblik;

    • davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi;

    • korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik.

2354234sdfsdfsf.jpg

Qonunda xarid turlarini amalga oshirilish tartiblari va tushunchalari keltiriladi, jumladan:

Elektron do‘kon:

bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravarigacha) qiymatdagi tovarlarning;

bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha) qiymatdagi ishlarning, xizmatlarning davlat xaridlari amalga oshirilishi mumkin.

Auksion:

tovarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha (budjet buyurtmachilari uchun olti ming baravarigacha) bo‘lgan miqdorini tashkil etishi kerak.

Xizmatlar va ishlarning davlat xaridi auksion ob’ekti bo‘la olmaydi.

Eng yaxshi takliflarni tanlash:

g‘olibni aniqlash mezonlari tovar (ish, xizmat) davlat xaridining nafaqat pul ifodasiga, balki miqdoriy va sifat bahosiga ham ega bo‘ladi;

tovarning (ishning, xizmatning) qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha (budjet buyurtmachilari uchun olti ming baravarigacha) bo‘lgan miqdorni tashkil etadi.

Tender:

tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravaridan ortiq (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan ortiq) miqdorni tashkil etadi

g‘olibni aniqlash mezonlari tovarning (ishning, xizmatning) nafaqat pul bilan baholanishini, balki miqdoriy va sifat jihatidan baholanishini ham o‘z ichiga oladi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari:

To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha davlat xaridlari quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:

Yagona yetkazib beruvchilar reestriga kiritilgan yagona yetkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirish uchun ruxsat etilgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridi; 

favqulodda holatlarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi;

sud muhokamasida ishtirok etish uchun advokatni (vakilni) tayinlash bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xaridi;

ilm-fan, adabiyot va san’at asarlari, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari kabi intellektual faoliyat natijalarining mazkur intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan mutlaq huquqqa ega bo‘lgan yagona shaxsdan davlat xaridi;

narxi (tarifi) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 3953-son qarorida 44 ta xolatlar keltiriladi jumladan:

- Davlat buyurtmachisi faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq xizmat safarlari uchun va boshqa holatlardagi chiptalar (avia, temir yo‘l va yo‘nalish transportiga).

- Davlat buyurtmachisi faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq xizmat safarlari va boshqa holatlardagi yashash xarajatlari.

- Avval tuzilgan shartnomalardagi yetkazib beruvchilar bilan aloqa, internet va teleradiouzatish xizmatlari bo‘yicha xaridlar.

- Boshqa yetkazib beruvchi tomonidan xizmat ko‘rsatish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, yetkazib beruvchi tomonidan avval olib kelingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga kafolat muddati tugagandan keyin va joriy xizmat ko‘rsatish (ehtiyot qismlarni xarid qilish), shuningdek, avval xarid qilingan dasturiy mahsulotni kuzatish va (yoki) uni funksional kengaytirish.

- Bank (banklararo) xizmatlar va operatsiyalar.

- Sport, madaniy-ommaviy tadbirlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar, anjumanlar, seminarlar va o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda o‘tkazish uchun binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni ijaraga olish.

- Xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning rasmiy delegatsiyalari tashriflarini ta’minlash (mehmonxona, transport xizmatlari ko‘rsatish, asbob-uskunalarni ijaraga olish, oziq-ovqat ta’minoti, tarjimon xizmati), esdalik suvenirlari, sovg‘alar, gullar hamda gul bilan bezatish, vakolatxonalar uchun qabullar (kechki ovqat, furshet, kofe-breyk va boshqalar) o‘tkazish, konsert dasturlari, bannerlar va bukletlar tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat delegatsiyasining xorijiy mamlakatlarga tashrifi bilan bog‘liq xarajatlar. 

- Ommaviy axborot vositalarida matbuot anjumani, brifing, mavzuli teleko‘rsatuv va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, reklama joylashtirish, maqola chop etish.

- Favqulodda holatlarda vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanadigan tabiat hodisalari, epidemiyalar va kasalliklar tarqalishining oldini olish yoki uning oqibatlarini bartaraf etish uchun boshqa zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar). 

- Turar yoki noturar joyni (inshootni) xarid qilish yoki ijaraga olish, shuningdek uning ta’minoti bo‘yicha ekspluatatsiya xarajatlari.

- Davriy nashrlar (gazetalar, jurnallar)ga, shu jumladan ularning elektron variantlariga obuna bo‘lish.

- Majburiy sug‘urtalash bo‘yicha hamda davlat tibbiy sug‘urtasi doirasidagi xizmatlar.

- Madaniy-ommaviy tadbirlarga chiptalar.

- O‘zbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilari yoki ularning rasmiy dilerlari va distribyutorlaridan xarid qilingan yangi avtotransport vositalari, maxsus va qishloq ho‘jaligi texnikalari.

- Benzin, suyultirilgan va siqilgan gaz, dizel yoqilg‘isi va ko‘mir mahsulotlari.

- Maxsus va xizmat avtotransporti vositalarini, shuningdek, tibbiyot uskunalarini ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 4812-son qaror ijrosi yuzasidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab quvvatlash maqsadida cooperation.uz portali tashkil etilib mahalliy ishlab chiqaruvchilarni mahsulotini ushbu portal orqali xarid etish mumkin bo‘ladi, bularga:

    • Maxsus kiyimlar;

    • Maxsus oyoq kiyimlar;

    • Svetilniklar;

    • Televizor;

    • Konditsioenrlar. 

Faylni tanlang