Radionazorat va texnik rivojlanish xizmati

 

Kaxramonov Alisher Kaxramonovich

Xizmat boshlig’i v.b.
Email: kaxramonov@cemc.uz
Telefonlar: +998 95 340-41-20

 

Xizmat funksiyalari

  • O`zbekiston Respublikasi hududiga Radioelektron vositalarni (REV) va Yuqori chastotali qurilmalarni (YCHQ) noqonuniy olib kirish, sotish va foydalanishga yo`l qo`ymaslik uchun Vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Toshkent shaxri va Toshkent viloyatida radiomonitoring amalga oshiradi hamda viloyatlardagi tarkibiy bo`linmalarning ish faoliyatini o`zaro muvofiqlashtiradi quyidagi yo`nalishlar bo`yicha:
    • Amaldagi me`yoriy hujjatlarga asosan noqonuniy ishlayotgan Radioelektron vositalarni egalarini aniqlash va bartaraf etish bo`yicha tezkor reydlarni (mustaqil yoki davlat manfatdor idoralar bilan birgalikda) tashkillashtiriladi;

    • Noqonuniy Radioelektron vositalarni aniqlash uchun manzilli vizual nazorat qilish;

    • REV larni olib kirish va sotishni amaldagi tartibini nazorat qilish, REV larning texnik ekspertizasini qilish noqonuniy olib kirish yoki foydalanishni aniqlash;

  • Davlat standartlari va texnik parametrlarini buzilish holatlari hamda radioaloqadan foydalanish qoidalarini amal qilmaslik holatlarida REV va YCHQ lari egalariga ogohlantirish;

  • Toshkent shaxri va Toshkent viloyatida Ichki ishlar boshqarmasi hodimlari bilan texnik mashg`ulotlar o`tkazish va EMMM DUK ning viloyatlardagi tarkibiy bo`linmalarida tehnik mashg`ulotlardan o`tkazishni nazorat qilish;

  • Toshkent shaxri va Toshkent viloyatida foydalanishga topshirilgan REVlarni davlat qabul komissiyasida ishtirok etish hamda texnik parametrlarini o`lchas va ushbu yo`nalish bo`yicha viloyatlardagi tarkibiy bo`linmalarni nazorat qilish;

  • Viloyatlardagi tarkibiy bol`inmalarning noqonuniy ishlayotgan REV larni aniqlash va chora ko`rish hamda radiohalaqit manbaalarini bartaraf qilish hamda Vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda REV va YCHQ larni o`rnatish, qurish, foydalanish va chet eldan olib kirish tartibini nazorati bo`yicha olib boriladigan ishlarini umumlashtirish va tahlil qilish;

  • Viloyatlardagi tarkibiy bo`linmalarning hamda Qoraqalpog`iston Respublikasu EMMXni o`lchov asboblari bilan ta`minlash bo`yicha takliflar berish va texnik bazasini takomillashtirish bo`yicha tahlil qilish;

  • Ozbekiston hududi EMMM DUK tomonida foydalanilayotgan o`lchov asboblari, antenna fider qurilmalari rejaviy va tezkor profilaktik ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish;

  • Radiomonitoring amalga oshirish ishlarini tartibini takomillashtirish va yangi ishlab chiqarilayotgan REVlarni nazorat qilishni samaradorligini oshirish yuzasida takliflar berish;

  • Radiomonitoring amalga oshirish ishlarini tartibini belgilab beruvchi me`yoriy hujjatlarni, yo`riqnomalarni, qoidalar va metodik ko`rsatmalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

  • Ma`lumotlar bazasini olib borish, radiochatota biriktirish bo`yicha ma`lumotlarini elektron bazaga kiritish va aktual holatda saqlash, statistic hamda tahliliy ma`lumotlarini tayyorlash;

  • Ozbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirish, sotish va foydalanishga yo`l qoymaslik uchun radiomonitoring natijalari bo`yicha elektron ma`lumotlar bazasini olib borish;

  • Ommaviy ahborot vositalari orqali Toshkent shaxri va Toshkent viloyati hududida aholiga tushuntirish ishlarini amalga oshirish va ushbu yo`nalishlar bo`yicha viloyatlardagi tarkibiy bo`linmalarni nazorat qilish;

  • Rahbariyat tomonidan hamda audit natijalari bo`yicha aniqlangan kamchiliklar bo`yicha bartaraf qilish tadbirlarini amalga oshiradi.

  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatida radiochastota spektoridan foydalanishni tehnik nazoratini va radioaloqadan foydalanish tartibiga rioya qilishni amalga oshiradi, shu bilan bir qatorda viloyatlardagi tarkibiy bo`linmalarni hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida ish faoliyati bo`yicha keltirilgan masalalar yuzasidan o`zaro muvofiqlashtiradi:
    • Kelib tushgan arizalarga asosan radiohalaqitlarning manbaalarini topish va ularni bartaraf qilish;

    • Ishlayotgan REV va YCHQ larni texnik parametrlari me`yori va radiotarqatish parametrlariga muvofiqligini nazorat qilish;

    • Industrial radioxalaqitlarning manbaalarini o`lchash ruhsat etilgan meyorga muvofiqligini aniqlash uchun texnik vositalarini tekshiruvi (elektrotransport, elektrouzatish liniyalari, avtotransport vositalari va h.k)

    • Tayyor mahsulot ishlab chiqayotgan tashkilot va korxonalarning elektr mahsulotlarini industrial radiohalaqitni ruhsat etilgan me`yorga muvofiqligini nazorat qilish;

    • Radiochastota foydalanuvchilari tomonidan Radiochastotalar bo`yicha respublika kengashining qarorlariga amal qilishini nazorati;

    • REV larning texnik ekspirtizasini o`tkazish;

    • Elektromagnit holatini aniqlash uchun o`lchov ishlarini amalga oshiradi hamda tegishli huloslar tayyorlash;

    • Biriktiriladigan radiochastotalarni efir nazoratini amalga oshiradi, nazorat natijalarini tahlil qiladi;

    • Radiomanitoring natijalaridan qilingan hulosalariga asosan radiochastota spektrini tahlil qilish, radiochastota foydalanuvchilariga maslahat berish, shu bilan bir qatorda radiochastota spektoridan samarali foydalanish uchun aniq texnik tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha takliflar beradi.

 

Xizmat vazifalari

  • O'zbekiston Respublikasi hududida radiochastotalar spektridan foydalanish va radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish bo'yicha o'rnatilgan tartibga rioya etish yuzasidan texnik nazoratni tashkil etish;

  • Vazirlik va idoralar (Ichki ishlar vazirligi, Davlat havfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo'mitasi, Davlat soliq qo'mitasi, O'zAAA Hududiy boshqarmalari) bilan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (o’rnatish), kurish, ishlatish hamda ularni chet eldan olib kirish tartibiga rioya qilinishni nazorat etish bo'yicha o'zaro hamkorlik ishlarini tashkil etish;

  • O'zbekiston Respublikasi hududida kelib tushayotgan arizalar bo'yicha radio to'siqlar manbalarini aniqlash va bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlarni tashkil etish;

  • Industrial radio halaqitlarining (elektr transporti, elektr uzatish liniyalari, elektr qurilmalari, avtotransport vositalari va x.k.) ehtimolli manbalari bo'lgan texnik vositalarni ruxsat berilgan sanoat radio to'siqlari darajasiga mos kelishi yuzasidan kompleks nazorat-o'lchov ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;

  • Elektromagnit moslashuv markazining Radionazorat va Texnik rivojlanish xizmati va viloyat bo'linmalarida amaldagi radio nazorat, o'lchov va pelengatsiya vositalariga texnik xizmat ko'rsatishni tashkil etish;

  • Elektromagnit moslashuv markazini texnik jihozlash va ta'minlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo'yicha tahlil o'tkazish, dasturlar va chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish;

  • Korxonani texnik rivojlantirish bo'yicha tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish, tizimni takomillashtirish, yangi tizimlarni komplektlash va modernizatsiyalash hamda texnik qayta jihozlash dasturlari bo'yicha sotib olinadigan texnik vositalarni joylashtirish masalalarini ishlab chiqish, ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;

  • O'zbekiston Respublikasi hududida ishlatilayotgan radioelektron vositalar bo'yicha ma'lumotlarni saqlash, chastotalarni berish uchun arizalarni ekspertizadan o'tkazish hamda radiohalaqitlarni tezkor bartaraf etish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va uni doimiy ishchi faol holatda bo'lishini ta'minlashga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

  • Radiochastota bandligi, radiochastota spektri yoklanishini nazorat qilish;

  • Televidenie va Radioeshittirish uzatgichlarni ishonchli qamrov hududini o’lchash;

  • Ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda (bosma, televideniye va radio, inernet) aholi o'rtasida tushuntirish ishlarini olib borish.


 


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali