“INHA Tashkent Summer School” yozgi oromgohi tashkil etilmoqda

Toshkent shahridagi Inha universiteti 8 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yozgi oromgoh tashkil etmoqda.

Oromgohda bolalar 10 kun davomida  maroqli hordiq chiqarish bilan birgalikda quyidagi fanlar bo‘yicha tahsil olishlari mumkin:

- Veb-dasturlash (Java, C, Python);

- Arduino asosida robototexnika;

- Matematika (mantiq va o‘yin ko‘rinishidagi matematika);

- Fizika (Unity dasturida 3D modellashtirish);

- Ingliz tili (nutqni rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish).

 

Shu bilan birga, tashkilotchilar tomonidan ko‘ngilochar tadbirlar hamda tanlovlar o’tkazilishi rejalashtirilgan. 

Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin: +99871 289 99 95, +99899 473 24 69.


2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali