Sirdaryo viloyatida “Bag‘rikeng O‘zbekiston — umumiy uyimiz” festivali doirasida robototexnika ko‘rgazmasi tashkil etildi

Ayni paytda Sirdaryo viloyatida “Bag‘rikeng O‘zbekiston — umumiy uyimiz” millatlararo do‘stlik festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyat hududiy boshqarmasi, IT Park Sirdaryo filiali rahbar va xodimlari ishtirok etmoqda.

Festival doirasida yoshlarni IT sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish maqsadida “Robototexnika” ko‘rgazmasi tashkil etildi va ushbu soha ixlosmandlari o‘rtasida musobaqa ham o‘tkazildi.

Shuningdek, yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, jumladan viloyatda tashkil etilgan IT Park filiali va Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

 

Manba: Axborot xizmati


2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali