Korxona mutaxassislarini kasb-maxoratlarini oshirish

Radionazorat va texnik rivojlanish xizmati oʼquv rejasiga muvofiq korxanamizning Fargʼona va Namangan viloyatlaridagi xizmat xodimlari uchun texnik oʼquv mashgʼulotlarni olib borish maqsadida, joylarda navbatdagi oʼquv tadbirlari tashkil etildi.

Oʼquv mashgʼulotlari REV texnik nazorati, radioxalaqitlarni aniqlash va bartaraf etish, oʼlchov qurilmalarida ishlashda koʼnikmalarni oshirish boʼyicha korxonamizning mutaxassislari А.Ismailov va T.Xidoyatovlar tomonidan olib borildi.

Oʼquv jarayoni bahs munozaralarga boy boʼldi va qiziqarli savol javoblar asosida oʼtdi. Mashgʼulotlar yakunida tinglovchilarni egallagan bilimlari test asosida baholandi.

Tayyorladi: RNTRX yetakchi muhandisi - T.Xidoyatov


2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali