Navoiy viloyatida AKT soha korxona va tashkilotlari oʻrtasida futbol boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi

Navoiy viloyatida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi korxona va tashkilotlarining quyi bo`linmalari xodimlari oʻrtasida mini futbool boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Mazkur musobaqa xodimlar oʻrtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, do`stona munosabatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Musobaqada Navoiy viloyati Hududiy boshqarmasi,“Oʻzbektelekom” AK va “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Navoiy filiali, Aloqabank AK Navoiy filiali, Navoiy viloyati elektromagnit moslashuv xizmati, Telecom Device PRO va mobil aloqa kompaniyalari xodimlaridan iborat 12 ta jamoa ishtirok etdi.

Qizg`in va murosasiz kechgan bellashuvda g`oliblar aniqlandi: 1-o`rinni “O`zbektelekom” AK Navoiy filiali jamoasi, 2-o`rinni “Aloqabank” AK Navoiy filiali, va 3-o`rinni Navoiy viloyati “EMMX” jamoasi egalladi.

Navoiy viloyati EMM xizmati xodimi M.Y. To'raqulov musobaqaning eng yaxshi hujumchisi sifatida alohida qayd etildi.

Musobaqada ishtirok etgan jamoalarga, shuningdek, eng yaxshi ishtirok etgan qatnashchilarga diplom va medallar topshirildi.


Navoiy viloyati EMMX tarmoq muhandisi Xo’jayev J.A.


2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali