TATUda Press klub o‘z faoliyatini boshladi

 

Bugun, 28-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Press-klubning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o'rinbosari J. Egamberdiyev qatnashdi. Nufuzli mehmon sifatida Xalqaro Press-klubi, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sh. Qudratxo'ja ishtirok etdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Markaziy apparati, tizimidagi korxona va tashkilot rahbarlari va xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, TATU ning rahbarlari va professor-o'qituvchilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur tadbir doirasida tashkil etilgan Press-klubning faoliyati, maqsadi va vazifalari, kelgusi rejalariga doir davra suhbati o‘tkazildi.

Joriy yilning 16-iyun kuni davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev  “Xalqaro Press-klub”- ochiq fuqarolik jamiyatining timsoli sifatida qabul qilinayotganligi sababli, bunday press-klublar mamlakatimizning boshqa hududlarida ham tashkil etilishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishga samarali ta’sir ko‘rsatishini alohida ta’kidlab o‘tgan edi.

Bugungi kunda daqiqa sayin o‘zgarib, rivojlanib borayotgan jamiyatimizda davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosat to‘g‘risidagi xolis axborotni keng jamoatchilikka yetkazish, olib borilayotgan islohotlar borasida odamlarni o‘ylantirayotgan savollar, bezovta qilayotgan muammolarni tub mohiyatiga yetib borib, javob izlash, jamoatchilik fikrini shakllantirish, barcha sohalar faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlashda Press-klubning o‘rni beqiyosdir.

Ushbu Press-klubning  tashkil qilinishidan asosiy maqsad - ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini keng jamoatchilikka yetkazish hamda  talabalar bilan ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida ochiq muloqot o‘rnatish, ekspertlar bilan birgalikda AKT sohasidagi ta’limda mavjud muammo va takliflarni muhokama qilish va  ko‘rib chiqib, kerakli choralar ko‘rish va mavjud muammollarni bartaraf etishdir.

 

Manba: Axborot xizmati


2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali