Vazirlik tizimidagi tashkilotlar va korxona o‘rtasida mini-futbol musobaqasi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, Vazirlik tizimiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyati, kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalar xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasida mini-futbol (futzal) bo‘yicha ko‘chma kubok uchun respublika musobaqalariga start berildi.

Mini-futbol musobaqasining saralash va o‘tish turniri joriy yilning  15-22 sentabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida bo‘lib o‘tadi va unda Vazirlik tizimiga kiruvchi 24 ta jamoa ishtirok etmoqda.

Manba: Axborot xizmati


2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali