Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish uchun ariza Yagona portal orqali qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi qaroriga muvofiq, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish xizmati joriy etildi.

Shuningdek, Yagona portalda  ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish imkoniyati ham yaratilgan.  Qayta rasmiylashtirishda – avtotransport vositasi ikkilamchi bozordan sotib olinganida, texpasport (avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tgan guvohnomasi) mulkdori yoki davlat raqam belgisi o‘zgargan hollarda avtotransport vositasiga rasmiylashtirilgan “tonirovka” ruxsatnomasiga onlayn tarzda BEPUL o‘zgartirishlar kiritish mumkin.

Shuningdek, oynalarni tusini o‘zgartirishga berilgan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish (avtotransport vositasining mulkdori, davlat raqam belgisi o‘zgargan taqdirda) elektron davlat xizmati joriy yilning 1-oktabr kunidan ishga tushirilishi rejalashtirilgan.  

Shu bilan birga, haydovchilarga yana bir ma’qul jihati, endi avtotransport oynasiga stiker majburiy ravishda yopishtirilmaydi.

Manba: Axborot xizmati

 


2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali