Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumanida "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida seminar-trenning o'tkazildi

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida maktablari rahbarlari uchun seminar-trenning o'tkazildi. Unda “Bir million dasturchi” loyihasining vazifalari va hozirgi kundagi ahamiyati va dolzarbligi haqida ma'lumotlar berildi.

Seminarda  "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida maktablarda o'quvchilarni loyihaga to'g'ri yo'naltirish, dasturlash sohasini mukammal egallashlari uchun ularni “One Million Uzbek Coders” platformasidan ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha tushunchalar berildi. Shuningdek tadbirda tumanda tashkil etilgan Raqamli texnologiyalar o'quv markazida tashkil etilgan dasturlash kurslari haqida ma'lumotlar berildi.


2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali