Doniyor Rustamov vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, Doniyor Rustamov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining axborot xavfsizligi va rejim masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

D. Rustamov shu vaqtga qadar Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zkomnazorat”) boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

D. Rustamov 1979-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali