Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida IT-markaz ochildi

Bugun Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida IT-markaz ochildi.

IT-markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari J. Egamberdiyev, O‘zbekiston tumani hokimi Sh. Yuldashev hamda Vazirlik tizimidagi soha korxonalar va tashkilot rahbarlari, shuningdek keng jamoatchilik vakillari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Ushbu o‘quv markazida yiliga O‘zbekiston tumanining yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari, robototexnika, kibersport o‘yinlari, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatish hamda bu sohada mutaxassislarni tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Aholida katta qiziqishga sabab bo‘lgan yo‘nalishlarga “Robototexnika” hamda “Dasturlash” turlari kiradi. Ushbu yo‘nalishlar o‘zining zamonaviy moddiy texnik bazasi bilan jihozlanganligi O‘zbekiston tumani aholida keng qiziqish hosil bo‘lishiga zamin bo‘lda.

Tumandagi “Temir daftar”, “Ayollar va yoshlar daftarlari” ro‘yhatlariga kiritilgan fuqarolar va ularning farzandlari ham ushbu markazda kompyuter savodxonligi va axborot-kommunikatsiya sohasida dastlabki ko‘nikmalarini egallashlari bepul tarzda yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Yig‘ilganlar yangi maskan faoliyati bilan tanishib, tuman aholisi va yoshlari uchun kompyuter texnologiyalaridan keng hamda samarali foydalanish uchun munosib shart-sharoitlar yaratilganligini qayd etishdi.

Manba: Axborot xizmati


2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali