Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Yoshlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni o‘rganish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida, hozirgi kunda Respublikamiz bo‘ylab Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari  faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida ochildi.

Markaz zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, ularda tuman yoshlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturlash asoslari, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rganishi hamda mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xususiy korxona xodimlari malakalarini oshirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Markazda Qorovulbozor tumanidagi 3 ming nafar yoshlarni axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika, kibersport asoslari va elektron tijorat kabi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini oshirish rejalashtirilgan.

Manba: Axborot xizmati


2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali