Qoraqalpog’iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida “O’zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan davra suhbati o’tkazildi

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat univar korxonasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha 2021-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq 2021-yil 12-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida “21 oktabr - o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida taʼkidlanganidek, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgani hamda «Davlat tili haqida»gi qonunda ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratilgan.

Darhaqiqat, til har bir millat madaniyatining o‘zagidir. Shu sababli ham tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, ananalarini saqlaydi. Yurtimizda 1989 yil 21 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir» deb belgilab qo‘yilgan. 

Ahamiyatlisi, davlatimiz rahbarining 2019 yil 21 oktabrda “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoni bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun – 21 oktabr sanasi “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida belgilandi.

Tadbir davomida xodimlarga ish yuritishda davlat tili haqidagi qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

 

I.K.Reimov

Qoraqalpog’iston Respublikasi

EMMX boshlig’i


2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali