O'zbek tili – Davlat tili

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitary korxonasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo’yicha 2021 yil II yarim yilligiga mo’ljallangan ish rejasi 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 18 oktabr kuni Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirni 2-toifali muhadis Sh. Jalilov olib bordi.


Yaqin tarixga nazar solsak, 1989 yil 21 oktabr kuni O’zbekiston Respublikasing “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinib, ona tilimiz — o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Bu esa mamlakatimiz, xalqimiz hayotida unutilmas, tarixiy voqeaga aylangan. Til — millat ruhidir. Shu sababli yurtimiz mustaqillikka ilk qadamlarini tashlayotgan davrdayoq o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligini faxr-iftixor bilan eslaymiz.

Yangilanayotgan O’zbekistonning bugungi bosqichi — milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, bugungi kunda ona tilimizning nufuzini yanada oshirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada Qashqadaryo viloyati EMM xizmatida ham targ’ibot va tashviqot ishlar olib borilmoqda. Jumladan, korxonada yuritilayotgan barcha hujjatlar davlat tilida ish yuritish tartibiga qat’iy rioya qilgan holda yuritilmoqda. Barcha peshlavhalar, ko’rgazma burchaklari bosqichma-bosqich davlat tilida lotin alifbosiga o’zgartirilmoqda. Yil yakuniga qadar ish yuritish to’liq shaklda davlat tili lotin alifbosida amalga oshirish maqsad etib belgilangan.

Davra suhbati xodimlar o’rtasida ijtimoiy masofani saqlagan holda o’tkazildi. Qizg’in fikr-mulohazalarga boy tarzda o’tgan davra suhbatida, shuningdek, bugungi kunda ona tilimizga bo’lgan munosabat, uni rivoji uchun amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan fikr almashildi.

 Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali