O‘quv soati o‘tkazildi.

2021 yil 12 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi PQ-4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019 yil 20 apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi masʼul rahbar va xodimlar ishtirokida oʼquv soati o‘tkazildi.

Unda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati xizmat va bo‘limlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar elektromagnit moslashuv xizmatlari rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv soati doirasida “Xabar” gazetasining faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 oktabrdagi “Taʼlim darajasini yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 646-son qarori, O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarko‘milgan hamda saqlanayotgan maxsus obyektlar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 647-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 oktabrdagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–5259-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF–6325-son farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 oktabrdagi “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5260-son qarorlari hamda “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!”, 21 - oktabr- O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to’lganligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan mavzulari tegishli masʼullar tomonidan tushuntirib berildi.

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK
Ish yuritishni boshqarish va ishlab chiqarish
jarayonlari sifatini nazorat qilish xizmati
M.Mashurbekova, R.Ganiyev


2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali