Toshkent shahridagi Inha universitetida xalqaro IT forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Inha universitetida “Axborot jamiyatida raqamli transformatsiyaning xalqaro o‘lchovi” mavzusida “O‘zbekiston-Ukraina 2021” xalqaro IT-forumi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi A. Kurmanov so‘zga chiqdi. Forum doirasida ukrainalik mutaxassislar, IT Park O'zbekiston vakillari, hamda  Toshkent shahridagi Inha universiteti xodimlari ma'ruzalar va taqdimotlar bilan qatnashishdi. 

Forum doirasida ishtirokchilar Ukrainada IT sohasini rivojlantirish, Toshkent shahridagi Inha universitetini raqamlashtirish bosqichlari, shuningdek, IT-sanoatidagi jahon tendensiyalari kabi mavzularni muhokama qildilar.


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali