Davlat Rahbari tomonidan AKT sohasini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni ijrosini tashkil etish muhokama etildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov tomonidan soha korxona va tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalar uchun videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Unda tizim tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va hajmini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi talablarining bajarilishi yuzasidan so‘z yuritildi.

Videoselektor davomida tizimdagi barcha tashkilotlarga raqamli iqtisodiyot bo‘yicha soha oldiga qo‘yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash, vazirlik markaziy apparatidagi mas’ul boshqarma va bo‘limlar ham tegishli yo‘nalishda hududlardagi muammo va dolzarb masalalar yechimiga e’tibor qaratishi ta’kidlandi.

Shuningdek, hududiy boshqarma boshliqlarining Vazirlik markaziy apparatidagi mas’ul boshqarma va bo‘limlari bilan hamkorlikda ustuvor loyihalar va vazifalar ijrosini tashkil etish, telekommunikatsiya infratuzilmasini bugungi kun talablaridan kelib chiqib yanada rivojlantirish masalalariga e’tiborni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, yig‘ilish davomida sohani yanada rivojlantirish maqsadida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifalari topshirildi.

Malumot uchun:

Ushbu chora-tadbirlarga sizning ham aniq takliflaringiz va loyihalaringiz bo‘lsa, ularni ushbu onlayn forma orqali yuborishingizni so‘raymiz: https://bit.ly/3FAr2WL

Manba: Axborot xizmati


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali