AKT vaziri Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Bugun, 22-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatovning Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fujiyamа bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida AKT sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik, sohalari va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishda  sohadagi ishlarni hamkorlikda amalga oshirishni  alohida ta’kidladi.

Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fujiyama O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilayotgan katta e’tibor va intilishni alohida ta’kidladi. Shuningdek, u ikki mamlakatni birlashtirib turuvchi omillarni sanarkan, O‘zbekiston bozoriga qiziqish tobora ortib borayotganini qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9-sentabr kuni qabul qilingan “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banki ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan masalalar ham muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

 

Manba: Axborot xizmati


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali