O‘zbekiston-Polsha: AKT sohasidagi istiqbolli hamkorlik

Bugun, 1-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatovning Polsha Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Radoslav Gruk bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida ikki davlatlar o‘rtasida AKT, shu jumladan elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, IT-ta’lim sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov ta’kidlaganidek, Polsha davlati qisqa muddat ichida qator yo‘nalishlarida sezilarli yutuqlarga erishayotgani shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va elektron hukumat sohalarida erishgan natijalari orttirgan tajribalari biz uchun ham ahamiyatli ekanligini ta'kidladi. O‘z navbatida, Polsha Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor Elchisi R.Gruk O‘zbekistonda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy baho berib, kelgusida ikki davlat o‘rtasida AKT sohasida hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratishini ma’lum qildi.

2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali