Toshkent metropolitenida UZTELECOM mobil aloqa va internetni yo'lga qo'ydi

UZTELECOM milliy operatori maxsus zamonaviy uskunalardan foydalangan holda, metropolitenni yuqori texnologiyali aloqa bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani amalga oshirdi. Yangi 2022-yil boshidan Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalish va stansiyalari UZTELECOM mobil aloqasi bilan qamrab olindi.  Toshkent metrosi nafaqat jamoat transporti, balki madaniy meros va sayyohlik diqqatga sazovor joy hisoblanadi. Yo'lovchilar uchun mobil aloqa va Internet butun yo'lda ishlashi muhimdir.  Amalga oshirilgan ishlar, birinchi navbatda, Respublika aholisi va mehmonlari uchun taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan.

2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali