“Nurafshon TV” telekanali o‘z faoliyatini boshladi

2022-yil 17-yanvardan “Nurafshon TV” Toshkent shahri va Toshkent viloyatida efirga uzatilishi boshlandi. O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil 18-noyabrdagi PQ-18-son qarori bilan Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlardan aholining xabardorlik darajasini kengaytirish  maqsadida Toshkent viloyatida “Nurafshon TV” telekanalini tashkil etish belgilangan edi. Qaror asosida AKT vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 638-son buyrug‘i bilan “RRTM” DUK tomonidan texnik tadbirlar amalga oshirilib, Toshkent teleminorasi, Angren, Shougaz, Chorvoq va Bekobod radioteleuzatish stansiyalari orqali “Nurafshon TV” telekanalini 17-yanvar kunidan boshlab test tariqasida efirga uzatilishi ta’minlandi.

2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali