Navoiy viloyatidagi yangi IT-maktablar uchun kompyuter texnikalari yetkazib berildi

Navoiy viloyatida 2021/2022-o‘quv yilida informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilishi rejalashtirilgan IT maktablar uchun kompyuter texnikalari topshirildi. O‘zbekiston Prezidentining PQ-4851-son qaroriga muvofiq, 2021/2022-o‘quv yilida informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilishi rejalashtirilgan Zarafshon shahar 8- son umumta’lim maktabi, Karmana tumani 2-son umumta’lim maktabi, Qiziltepa tumani 4-son umumta’lim maktabi va Xatirchi tumani 20-son umumta’lim maktablariga AKT vazirligi tomonidan 64 dona zamonaviy kompyuter qurilmalari (monobloklar) yetkazib berildi. Ushbu monobloklar Vazirlikning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi, “Telecom Innovations” qo‘shma korxonasi hamda “O‘zimpeksaloqa” MCHJ rahbar-xodimlari tomonidan  maktab direktorlariga topshirildi.

2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali