Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha 2022-yil uchun ish rejasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMXda xodimlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Bunda, korxonada yuritiladigan barcha (xat, buyruq, farmoyish, bayonnoma va boshqa rasmiy) hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida amalga oshirilishi lozimligi haqida xizmat boshlig‘i tomonidan xodimlarga tushuntirishlar berib o‘tildi hamda tegishli talab va tartiblar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi dastur va rejalarga muvofiq QR EMMX tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF‑6084‑son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida «O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish» kurslari bo‘yicha 2021-yil davomida xizmatimizning ikkita xodimini malakasini oshirishiga erishildi va tegishli sertifikatlarga ega bo‘lishdi. Joriy yilda ham korxonada Davlat tilida ish yuritish, hujjatlar bilan ishlash va ularning nazoratini tashkil etish borasida yana ikkita xodimning malakasini oshirish rejalashtirilgan.

 

1-darajali radiooperator A.Shimbergenov


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali