MDH Ekspertlar guruhi yig‘ilishining onlayn muloqoti bo‘lib o‘tdi

Bugun, 25-yanvar kuni “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning axborot xavfsizligini ta’minlash strategiyasini bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi” loyihasini muhokama qilish bo‘yicha onlayn muloqot tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 26-dekabrda 27/1-3733-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raislik qilish konsepsiyasida 2020-yilda amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasining 39-bandida (“Siyosat va xavfsizlik sohasida o‘zaro hamkorlik”) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning axborot xavfsizligini ta’minlash strategiyasini bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi” loyihasini ishlab chiqib, MDH doirasida tasdiqlash vazifasi yuklatilgan edi. Shu munosabat bilan Harakatlar rejasi loyihasining yakuniy matnini muhokama qilish maqsadida MDH Ijroiya qo‘mitasi tomonidan 2022-yil 25-yanvar kuni onlayn tarzda Ekspertlar guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi. Shuningdek, mazkur Harakatlar rejasi loyihasi 2021-yil 2-dekabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan MDH davlatlarining Iqtisodiy kengashida muhokama qilingan masalalar yuzasidan qo‘shimcha fikrlar almashildi.   

2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali