Navoiy viloyati tog‘li hududlarida mobil aloqa qamrovi o‘rganildi.

Bizga maʼlumki, tog‘, qir-adirlik, tog‘ daralarida mobil aloqa tayanch stansiyalari qamrovi (signal sathi)  hudud rel’yefiga qarab  o‘zgaruvchan bo‘ladi.

Navoiy viloyatidagi ana shunday hududlardan biri Navoiy shahridan 90 km uzoqlikdagi Xatirchi tumani Oltinsoy qishlog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi, Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati va mobil aloqa operatorlari bilan hamkorlikda radiomonitoring tadbirlari oʻtkazildi. Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari tomonidan maxsus radiomonitoring o‘lchov qurilmalari yordamida GSM, UMTS, LTE, CDMA standartlarida ishlovchi mobil aloqa qamrovi o‘rganildi.

.

O‘rganish davomida hududda mobil aloqa qamrovi qoniqarsiz joylar mavjudligi aniqlandi. Radiomonitoring natijalari bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga taqdim etildi.

 

Tayyorladi: Navoiy viloyati EMMX 1-toifali muhandisi J.A.Omonov

 


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali