Radiohavaskorlar bilan uchrashuv

2022-yil 22-yanvar kuni Fargʻona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Fargʻona viloyati boshqarmasi qoshidagi Radiohavaskorlik klubi radiohavaskorlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

2021-yil davomida Radiosport musoboqalarida faol qatnashgan radiohavaskorlar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Quvonarli tarafi, radiohavaskorlar qatorida bir nechta yosh radiohavaskorlar ham uchrashuvda ishtirok etdilar. Uchrashuvda radiohavaskorlarni qiynab kelayotgan bir qancha savollarga Fargʻona viloyati EMMX xodimlari toʻliq javob berdilar. Uchrashuv soʻngida radiohavaskorlarga “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK tomonidan berilgan ruxsatnomalar topshirildi.

Tayyorladi: Fargʻona viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi D.B.Alimdjanov


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali