Surxondaryodagi yangi IT-maktablariga kompyuter texnikalari topshirildi

Surxondaryo viloyatida 2021/2022-o‘quv yilida faoliyat boshlagan informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablarga kompyuter qurilmalari yetkazib berildi.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integrasiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-son qarori qabul qilingan edi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, 2021/2022 o‘quv yilida informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilishi rejalashtirilgan Angor tumani 9-son, Denov tumani 3-son, Jarqo‘rg‘on tumani 25-son, Sariosiyo tumani 5-son, Sherobod tumani 56-son va Sho‘rchi tumani 36-son umumta’lim maktablariga Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 96 dona zamonaviy kompyuter qurilmalari (monobloklar) topshirildi. Kompyuter texnikasi Vazirlikning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi, “Telecom Innovations” qo‘shma korxonasi hamda “O’zimpeksaloqa” MCHJ rahbar xodimlari tomonidan belgilangan tartibda maktab direktorlariga taqdim etildi.

2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali